«Barselona» yarimhimoyachisi Serji Roberto klub bilan shartnomasini uzaytiradi, deb xabar beradi Marca nashri.Manbaga ko'ra, 29 yoshli ispaniyalik futbolchi shartnomani 2024 yilning iyunigacha uzaytiradi. Amaldagi shartnoma 2022 yilning iyuniga qadar tuzilgan.Serji Roberto - «Barselona» tarbiyalanuvchisi. O'tgan mavsumda yarim himoyachi 20 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchini 18 million evroga baholamoqda.