
«Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyer jamoaning Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichidagi raqibi «Barselona» haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.«Agar «Barsa» kuchayishni istasa, jamoa Filippe Koutinoga ko'proq imkoniyat berishi lozim. U bizga qarshi maydonga chiqib, zarba berishga chog'langanida men juda qo'rqardim. Uni juda yaxshi bilaman. U juda iqtidorli o'yinchi. U «Bavariya»da o'ynaganida birgalikda ko'p mashq qilardik», — dedi Noyer.
Fikrlar 0