
«Barselona» hujumchisi Memfis Depay Evropa chempionlar ligasi doirasida jamoaning «Bavariya»ga mag'lub bo'lgani (0:3) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.«Natija bizni xursand qilmaydi. Ushbu mag'lubiyatdan saboq chiqarishimiz kerak. Vaziyatni o'zgartirish uchun yakdil bo'lishimiz zarur.Barcha sovrinlar uchun kurashish yo'lini topimizga qattiq ishonaman. Biz — «Barsa». Oldinda hali o'yinlar ko'p.Men o'z ambitsiyalarimni maydonda ko'rsatishni istayman. Oldimga aniq raqamlarni qo'ymaganman. Ammo mening vazifam gollar urish va ko'p uzatmalarni amalga oshirish», – dedi Depay.
Fikrlar 0