«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman, agar Kataloniya klubi bilan shartnomasini uzaytirmasa, katta miqdorda pul oladi, deb xabar bermoqda Marca nashri  El Club de la Mitjanitga tayanib.

Manbaga ko'ra, bu summa 6 million evroni tashkil qiladi. Umuman, «Barselona» murabbiyga shartnomani uzaytirganda ham, ishdan bo'shatilganda ham 13-14 million evro atrofida to'laydi.

Ma'lumot uchun, Kuman Kataloniya klubida 2020 yildan buyon ishlaydi. Uning qo'l ostida kataloniyaliklar Ispaniya kubogini qo'lga kiritishgan.