TV3 telekanaliga ko'ra, frantsiyalik himoyachi Samuel Umtitining maoshini qisqartirish "ko'k-anorranglilar" direktorlar kengashining ustuvor vazifasidir, chunki uning "astronomik" shartnomasi o'yin ko'rsatkichiga mos emas.

Eslatib o'tamiz, avvalroq frantsiyalikning soliqlar to'langandan keyingi maoshi bir mavsum uchun 12 million evroni tashkil qilishi haqida xabar berilgandi.