«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniya chempionatining 8-turidan o'rin olgan «Atletiko» bilan o'yinda jamoani boshqara olmaydi, deb xabar beradi AS.

Manba bergan xabarga ko'ra, Kataloniya klubi gollandiyalik mutaxassisni ikki o'yinga diskvalifikatsiya qilish bo'yicha apellyatsiya bermagan.

Eslatib o'tamiz, Kuman «Kadis»ga qarshi o'yinda (0:0) o'zini noo'rin harakatlar bilan ko'rsatgani uchun jazolangandi. Diskvalifikatsiya tufayli murabbiy «Barselona»ning 7-turdagi «Levante» bilan o'yinida (3:0) ishtirok etmadi.