«Barselona» EChL guruh bosqichining 2-turida «Benfika»ga yirik hisobda yutqazdi (0:3).Shunday qilib, murabbiy Ronald Kuman jamoasi evrokuboklarning dastlabki ikki turida ochko olmadi va o'z darovzasidan 6 gol o'tkazib yuborib, raqib darvozasiga gol ura olmadi.Hozirgi vaqtda guruh bosqichining barcha ishtirokchilari orasida eng yomon ko'rsatkich faqat «Malmyo»da: Shvetsiya klubi ham ikkita mag'lubiyat alamini totib ko'rdi, lekin ular 7 gol o'tkazib yubordi.Uchinchi turda «Barselona» o'z maydonida Kievning «Dinamo»si bilan o'ynaydi, «Malmyo» esa «Chelsi» bilan kuch sinashadi.