«Barselona» o'z tarixida birinchi marta mavsumda UEFA Chempionlar Ligasining dastlabki ikkita o'yinida umuman gol ura olmadi, deb xabar beradi Opta nashri.Chempionlar ligasi guruh bosqichining dastlabki ikki turida kataloniyaliklar «Bavariya» (0:3) va «Benfika»ga (0:3) imkoniyatni boy berishdi.«Barselona» Chempionlar Ligasining «E» guruhida oxirgi o'rinda bormoqda. Jamoa turnirdagi navbatdagi uchrashuvni o'z uyida Kievning «Dinamo» jamoasiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 20 oktyabr kuni, soat 21.45da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.