17 yoshli futbolchi joriy mavsumda "Barsa"ning birinchi jamoasida debyut qildi.

"Bu yigitda katta iste'dod bor. Meni eng ko'p hayron qoldiradigani, u atigi 17 yoshda, ammo 30 yoshdagidek o'ynaydi. U o'z yoshida eng yuqori darajada o'ynash mumkinligini ko'rsatmoqda. Bu aqlbovar qilmas.

Texnika nuqtai nazaridan, u juda ham yaxshi. Shuningdek unda muvaffaqiyatli bo'lish uchun fizik sifatlar ham bor. Unda muvaffaqiyat uchun barchasi bor. Oldinda uni katta kelajak kutmoqda", - deydi Xavi.

Gavi joriy mavsum barcha musobaqalarda "Barsa" tarkibida 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.