Xabarga ko'ra, "Barselona" yangi ustozi Xavi Serxi Roberto jamoaga kerak deb hisoblaydi. 

Eslatib o'tamiz, oldinroq 29 yoshli Roberto "ko'k-anorranglilar" bilan kelishuvni uzaytirishga tayyor ekanligi haqida aytilgandi, lekin jarayon Ronald Kuman davrida to'xtab qolgan edi.

Xavi jamoaga kelgach, Serxi atrofidagi vaziyat o'zgargan va unga boshlang'ich tarkib a'zosi sifatida qaralmoqda.