[readimg]https://static.sports.uz/crop/3206dead457881a687dfd38e99861269.jpg[/readimg] Unga Pep bilan ishlash yoqadi. "Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Riyod Maxrez jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqida qanday fikrdaligini bilib oldi. “Gvardiola bu juda oddiy odam. U - g‘olib inson va u bizning o‘sishimiz uchun ishlaydi. Pep maydonda oson harakat qilishimiz uchun barcha narsani ipidan ignasigacha tushuntiradi. U hamisha o‘yinda. Undan o‘rganganim sayin u bilan ishlash yoqaveradi”, -deydi 28 yoshli jazoirlik futbolchi. Ma’lumot uchun, Maxrez joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.