"Aytilgan gaplar haqiqatga yaqin emas. Umid qilamizki, u futbol o'ynashda davom etadi. Biz u bilan doimiy aloqadamiz va bu xabarlar tasdiqlanmadi", – dedi Xavi. 

Eslatib o'tamiz, oldinroq argentinalik futbolchi yuragidagi muammo tufayli faoliyatini tugatishi haqida xabarlar tarqalgandi.

33 yoshli forvard Kataloniya klubi uchun barcha musobaqalarda 5 o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi.