Barcelona
[b]"Barselona" va Franciya termasi himoyachisi Kleman Langle jamoadoshi Antuan Grizmanni turli sharoitlarda solishtirib ko'rdi.
– Grizmanning klub va terma jamoada nima uchun ikki xil o'ynashini bilasizmi?
– "Ikki xil" – deya ovozini balandlatdi Langle. Antuan termada juda ham ko'p quvnoqlashadi. O'zining reja va tartiblariga ega, bu erda ekanligidan juda ham xursand. Milliy terma bilan uning ulkan tarixi mavjud. " Barselona"da ham u baxtli, lekin shunga qaramasdan siz (jurnalistlar) buning teskarisini gapirasiz. Ammo, u hammasidan mamnun va har doim tabassum qiladi.
– Balki terma jamoada undan boshqa maqsadda foydalanishar?
– Franciya termasida ikkinchi hujumchi sifatida o'ynaydi. Balki, bu poziciyada vaziyatlarga ega bo'lish, o'yinni tushunish va intuiciyalar Grizmann uchun osonroqdir. " Barselona"da u qanotda, goldan uzoqroqda o'ynaydi. Har qanday holatda ham, u mehnat qilishdan to'xtamaydi va uning ruxiyati to'g'ri yo'lga qo'yilgan", – deydi Langle.[/b]
[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-528688_original.jpg[/readimg]
UB
Fikrlar 0