Ular uyning yuqori qavatiga kirib, pullar va qimmatbaho narsalarni olishgan. 

Shu paytda uyda futbolchining oilasi ham bor edi va ular "Barselona"ning "Espanol"ga qarshi o'yinini tomosha qilishayotgan edi.

Fatining qarindoshlari ovozlarni eshitishgandan so'ng politsiyani chaqirishgan. Signalizatsiya va video kuzatuv kameralari o'g'rilik payti o'chiq bo'lgan.