"De Yong Gavi kabi bizga kerak. Frenkini ham, Gavini ham sotuvini ko'rib chiqmayapmiz. Ularni sotishdan ma'no yo'q. Riki Puch - jamoamizning yana bir futbolchisi, biz unga ishonch bildiramiz", - deydi Xavi.

De Yong 2021/22 yilgi mavsum "Barselona" tarkibida 15ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.

Transfermarkt o'yinchini 90 million evroga baholamoqda.