Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, yaqin vaqtlar ichida futbolchi oyog'idan operatsiya qilinadi. 29 yoshli ispaniyalikning o'ng oyog'i son sohasi mushaklarida jiddiy shikastlanish aniqlangan. Futbolchi Finlyandiyada "Barselona" nazorati ostida jarrohlik stoliga yotadi.

Ushbu mavsumda Roberto barcha turnirlarda 12 o'yinda qatnashdi. So'nggi o'yinni u aynan shu sababli o'tkazib yubordi.