Kataloniyaliklar o'yinchi bilan 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.

"Ko'k-anorranglilar" 21 yoshli ispanni yanvardayoq o'z saflariga qo'shib olmoqchi. Torresning o'zi ham vataniga qaytishni xohlamoqda.

Futbolchi 2021/22 yilgi mavsum "Man Siti" libosida barcha musobaqalarda 7ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi. Uning "shaharliklar" bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.