Barcelona
[b]Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Emre Jan jamoani tark etishni xohlamoqda.
Germaniyalik yarim himoyachi jamoaning ECHL o'yinlari uchun qaydnomasidan o'rin olmagani tufayli Mauricio Sarridan ranjigan.
Diario Sport nashri xabar berishicha, yarim himoyachi qishda" Barselona"yokiPSJ klublaridan birining safiga borib qo'shiladi. Uning transfer bahosi 40-50 mln evro atrofida bo'lishi taxmin qilinmoqda.
" Barselona" Jan uchun tarkibdan joy hozirlash maqsadidaIvan RakitichvaKarles Alenyalardan voz kechishga tayyor. PSJ esa Emredan maydondagi "qora ish"larni bajarish uchun foydalanmoqchi. Jamoa rahbariyatiMarko VerrattivaAnder Errerasingari kreativ futbolchilar mazkur vazifani ko'ngildagidek bajara olishmaydi degan qarorga kelgan.
Eslatib o'tamiz, Jan joriy mavsum "keksa sinora" safida A Seriyaning 4 uchrashuvida ishtirok etdi.[/b]
[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-528697_original.jpg[/readimg]
UB
Fikrlar 1
Psjga oq yool. Barsaga umuman keragi yoq. Undan kora hujumni kuchaytirish kerak