Seshanba kuni kataloniyaliklar direktori Mateu Alemani agent Mussa Sissokoga shartnomani uzaytirish borasidagi so'nggi taklifni beradi.

Dembelening o'zi va uning agenti muzokaralarni davom ettirishni xohlashmoqda: ular shartnomani uzaytirish niyatida ekanliklariga ishontirishmoqda.

"Barselona" ham kelishuvni uzaytirishga qarshi emas, ammo klub taklif etilgan shartnoma frantsuz umid qilishi mumkin bo'lgan eng yaxshi taklif ekanligini tushuntirdi.