Xaviga bu borada ruxsat berildi, u frantsuzni kerak deb topsa, futbolchidan mavsum so'nggiga qadar foydalana oladi.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, 12 yanvardan beri maydonda harakat qilmagan 24 yoshli xavbek "ko'k-anorranglilar"ning "Atletiko"ga qarshi o'yindagi qaydnomasida bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Dembele "Barsa" bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmadi. Yozda uning amaldagi bitimi yakuniga etadi, u klubni erkin agent maqomida tark etadi.