"Futbol o'ynashga harakat qilsam, nafasim qaytib ketishni boshlayapti. Ba'zida qachondir yaxshi yugura olamanmi deb o'ylab qolyapman. Hozirda yuragimning yaxshi ishlamayotganini sezyapman", - deydi Serxio.

Aguero Evropada Madridning "Atletiko", "Manchester Siti" va Kataloniyaning "Barselona" klublarida ishtiroki orqali tanilgan.

U Argentina terma jamoasi libosida 101ta o'yin o'tkazgan va 41ta golga mualliflik qilgan.