"Fekirning hozirda La Ligada eng kuchli ekanligini aytishga jur'at qilolmayman, ammo uning o'yini juda ham tomoshabop.

Umid qilamanki, u "Betis"da imkon qadar ko'proq qoladi. Uning tovon puli 100 million evroga teng.

Xavotir olmayapman. Katta klublar unga qiziqishayotgan ekan, demak u ajoyib formada", - deydi Aro.

Oldinroq "Barsa"ning Fekir uchun 60 mln evro taklif qilishga tayyorligi, ammo "Betis" kamida 80 mln evro talab qilayotgani xabar qilingan edi.