[readimg]http://cdn.tribuna.uz/uploads/An/QdPXwT9HggySnCbJLsNLnuNtmaJ4jh_normal.jpg[/readimg] «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klubni tark etmaydi. Ispaniyalik mutaxassis shartnomasi muddati yakuniga qadar, ya’ni 2021 yilgacha ishlab berishni maqsad qilgan. APL 12-turida «shaharliklar» «Liverpul»ga 1:3 hisobida yutqazgandan so‘ng, har ikkala jamoa orasidagi farq 9 ochkoga yetgan va shu sababli Pep iste’foga chiqishi mumkin degan taxminlar yangragan edi. Ammo Gvardiola shartnomasida ko‘rsatilgan barcha majburiyatlarni bajaradi va 2021 yilgacha klubdan ketmaydi, deb yozdi The Times. Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» uning qo‘l ostida 2 marta Angliya chempioni bo‘lgan.