Per-Emerik Obameyangraqib darvozasini uch bor ishg'ol etishga erishdi.

"Squawka" manbasiga ko'ra, gabonlik forvard XXI asrda Frantsiya, Germaniya, Angliya hamda Ispaniyada xet-trikka erishgan ilk futbolchiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, u qishda kataloniyaliklar a'zosiga aylandi. Bungacha esa u “Arsenal”, “Borussiya D” hamda "Sent-Eten”da o'ynagan.

Avvalroq, 32 yoshli o'yinchi top-5 ligalarning to'rttasida gol urgan 4-futbolchiga aylangani haqida xabar qilingandi.