Jurnalist Jyulen Meynarning axborot berishicha, 24 yoshli frantsiyalik o'z kelajagi bo'yicha bir qarorga kelmagan.

Futbolchi bir nechta Evropa top-klublari bilan aloqaga chiqqan, biroq shunga qaramasdan, u "Barsa" bilan shartnomani uzaytirishi ham mumkin.

Dembelening klub bilan amaldagi kelishuvi mavsum so'ngida nihoyasiga etadi. U joriy mavsumda 16 o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.