Kataloniyaliklar "Lids" vingeri Rafinya Dias bilan shartnoma imzolashmoqchi.

"Ko'k-anorranglilar" braziliyalikka yozda jamoadan ketishi mumkin bo'lgan Dembelega o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda.

Rafinyaning agenti "Barselona" sobiq o'yinchisi Dekudir. U "ko'k-anorranglilar"ga mavsum boshidayoq mijozi bilan shartnoma imzolashni taklif etgan edi.

"Barselona" xavbekning joriy mavsumdagi o'yinidan mamnun va uni asosiy maqsad sifatida belgilab oldi.