Barcelona
← Yangiliklarga qaytish
Barcelona
"Leganes" bosh murabbiyi: "Messini bizning darvozabon bilan birga-bir qo'yib bering. U 10ta imkoniyatdan 11ta gol uradi"
[b]"Leganes" bosh murabbiyi Xaver Agirre "Barselona" hujumchisi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
"Men Messini qanday to'xtatib qolish mumkinligini bilmayman. Mening jamoam nari borsa durang o'ynashi mumkin.
Uning jarima zarbasi penaltiga o'xshab ketadi. Yordamchilarimdan biri Messijarima zarbasini ijro etayotanida jonli devor qo'ymaslikni aytdi. Men esa unga: "Eshit, Agar Messini jarima zarbasi oldidan Pichu Kuelyara ("Leganes" darvozaboni) bilan birga-bir qo'ysak va unga 10ta imkoniyat bersak, 11ta gol uradi" dedim.
Biz uni zarba bera olmasligi uchun ko'plab imkoniyatlarni tahlil qildik. Ammo, u yaramas doim futbolchilardan qochib ketadi",- deydi Agirre.
Eslatib o'tamiz, " Barselona" La Liga doirasida "Leganes" bilan o'yin 23 noyabr kuni bo'lib o'tadi.[/b]
[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-528736_original.jpg[/readimg]
UB
Fikrlar 3
Malades
Yaramas deysanmi
To'g'ri aytibdi Agirre