"Barselona" klubi futbolchisi Usman Dembelega kataloniyaliklar tomonidan taklif qilingan yangi shartnoma shartlari ma'lum. Klub Usmanga 8 mln evrodan ortiq maosh berish niyatida emas. Shu bilan birga, "Barselona" futbolchi bilan to'rt yillik shartnoma imzolamoqchi. Usmanning o'zi esa ikki yillik bitimni xohlayapti. Avvalroq, Dembelega yaqin bo'lgan insonlar klub va futbolchi yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar o'tkazishga tayyor ekanligi ma'lum qilingandi.
Ma'lumot uchun, Usman Dembele ushbu mavsumda "Barselona" tarkibida 21 ta o'yinda maydonga tushib, 2 gol va 9 assist qayd etdi.
Fikrlar 0