Manbaga ko'ra, "Bavariya" Mazrauini deyarli sotib oldi. Muzokaralarda ishtirok etayotgan manbalar kelishuv rasiylashtirilmagani, lekin oxirgi bosqichda ekanligini tasdiqlashdi.

Qayd etilishicha, u uchun kurashishda davom etayotgan “Barsa” o'z o'rnini yo'qotib bormoqda. 

Eslatib o'tamiz, marokashlik futbolchining "Ayaks" bilan shartnomasi joriy mavsum so'ngida yakuniga etadi.