Frantsiyalik vingerning kataloniyaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi joriy yilning yozida yakuniga etadi.

24 yoshli futbolchi joriy mavsum "ko'k-anorranglilar" tarkibida 23ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 10ta assist qayd etdi.

Dembele "Barselona"ga 2017 yilda Dortmundning "Borussiya" klubidan 105 million evro evaziga o'tgan edi.