"Klubdan hech kim men bilan kelajagim borasida gaplashmadi, muzokaralar olib borilmayapti. Nafaqat yoshlar, balki katta o'yinchilar ham endilikda "Barselona"da o'ynashga loyiq ekanliklarini ko'rsatishlari kerak", - deydi Alves.

38 yoshli braziliyalik futbolchi joriy mavsum "Barsa" tarkibida 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'yinchiinng klub bilan tuzgan shartnomasi 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.