Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, futbolchining agenti Pini Zaxavi mijozining transfer ishlarini tezlatishni istamoqda. Ammo Kataloniya klubi Robert borasida hali hamon "Bavariya"ga rasmiy taklif jo'natmagan.

Levandovski esa "Barselona" taklif qilayotgan 3 yillik shartnomaga qo'l qo'yishga rozilik bergan. Oldinroq hujumchi ushbu mavsum yakunlanganidan keyin "Bavariya"dan ketishini ma'lum qilgandi.