Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, 33 yoshli futbolchi kataloniyaliklar bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi.

"Barsa" va "Bavariya" transfer narxini kelishishi qoldi.

Polyakka shuningdek "Real", PSJ va "Chelsi" qiziqish bildirgan edi. Ammo, futbolchining o'zi Kataloniya klubida o'ynamoqchi.