Manbaga ko'ra, “Liverpul” forvardi Muhammad Saloh “Barselona” rahbariyatiga 2023 yil erkin agent sifatida kataloniyaliklar safiga borib qo'shilishni va'da qilgan.

Shu tufayli misrlik “qizillar” bilan shartnomasini uzaytirmayotgani aytilmoqda. Avvalroq, Saloh yangi mavsumni ham “Liverpul”da o'tkazishi haqida gapirib o'tgandi.

29 yoshli futbolchining transfer narxi esa 100 mln evroga baholanmoqda.