[readimg]https://stadion.uz/images/news/grizman54.jpg[/readimg] [b]Fourfourtwo nashrining yozishicha, Frantsiyaning «PSJ» klubi Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Antuan Grizmann bilan shartnoma imzolash yo'llarini izlamoqda. Manbaning xabariga ko'ra, agar jamoani Kilian Mbappe tark etadigan bo'lsa, uning o'rniga Grizmanni olib kelishga tayyor. Avvalroq, Madridning “Real” klubi Mbappe uchun 400 million evro to'lash niyatida ekanligi haqida ma'lumotlar tarqalgandi. Bundan tashqari, «Yuventus» klubi ham Mbappeni sotib olish uchun 380 million evrodan voz kechishga tayyor. Eslatib o'tamiz, Grizmann «Barselona» tarkibiga 2019 yilning yozida Madridning “Atletiko” klubidan o'tgan. Uning shartnomasida tovon puli 120 million evro qilib belgilangan.[/b]