Germaniyaning "Sky Sports" nashri xabariga ko'ra, myunxenliklar polshalik hujumchini sotishga tayyor.

"Bavariya" 33 yoshli futbolchining transferidan taxminan 60 million evro ishlab olmoqchi.

Levandovskiga asosiy da'vogar – "Barselona". Kataloniya klubining so'nggi taklifi kafolatlangan 35 million evro va bonuslar sifatida qo'shimcha 5 million edi.