"Barselona" bilan shartnoma uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmagan frantsiyalik futbolchi London klubi bilan muzokaralar olib borgan. Ammo unga "Chelsi"ning maoshi bo'yicha taklifi ma'qul kelmagan.
"Chelsi" 25 yoshli vingerga "Barselona"dan ko'proq maosh to'lashga tayyor turganligini bildirgan, ammo narx kutilganidan ko'ra kamroq bo'lgan.
Ayni damda "Barselona" va "Chelsi" Dembele bilan shartnoma imzolash uchun harakat qilmoqda. Ikki klub ham mavsumoldi yig'ingacha frantsiyalik borasidagi muammoni hal qilmoqchi.
Fikrlar 0