"Barselona" himoyachisi Kleman Langle ijara asosida "Tottenxem"ga o'tadi. Tomonlar transfer shartlarini kelishib olishdi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio xabar bermoqda.
27 yoshli markaziy himoyachi o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 27 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golga assistentlik qilgan.
Frantsiyalik futbolchining Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2026 yilning iyuniga qadar tuzilgan.
Fikrlar 0