Ammo, futbolchi mashg'ulotlar boshlanishidan oldin o'zining yozgi ta'tilini uzaytirishni xohlaydi.
"Barselona"ga yana qaytib, mashg'ulotlar jarayoniga sho'ng'ishni xohlayman. Buni ancha kutdim, ammo jamoaga qaytishdan oldin ta'tilimni uzaytirishni xohlardim", — deydi niderlandiyalik.
Oldinroq, "Barselona"ning o'yinchini ushbu yozda sotmoqchi ekanligi aytilgan edi. Uning "Barselona" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Depay "Barselona"ga 2020 yilning yozida erkin agent maqomida o'tgan edi.
Fikrlar 0