"Levandovski borasida taklif jo'natdik, endi "Bavariya"ning javobini kutyapmiz. Ko'ramiz, bu ijobiy bo'larmikin...

Bunday yuqori statusli futbolchining o'zi "Barselona"ga o'tishni istayotganidan xursandmiz. Shu sababli "Bavariya" ham taklifimizni to'g'ri baholashi kerak", - dedi Laporta.

Yakunlangan mavsumda 33 yoshli forvard "Bavariya" tarkibida 50 o'yinda qatnashib, 46 gol urdi.