Gollandiya termasi bosh murabbiyi Ronald Kuman kelajakda "Barselona" ustoziga aylanishi mumkinligini inkor etmadi. "Bo'lishi mumkin, lekin Evropa chempionati oxiriga qadar bu haqda o'ylamayman", – deydi Kuman. 56 yoshli murabbiy Evro-2020gadan keyin " Barselona"ga o'tib ketishi mumkin. Bunday band uning Gollandiya termasi bilan tuo'gan shartnomasida bor. Kuman kataloniyaliklar safida o'ynagan (1989—1995) va murabbiylar shtabiga kiritilgan (1998—2000). U "Barsa" bilan 10 ta sovrin yutgan. Sovrinlar orasida CHempionlar ligasi ham bor.