Xabaringiz bor, ertaga O'zbekiston terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston – Saudiya Arabistoni terma jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi. Bugun o'yin oldidan matbuot anjumani o'tkazildi. Anjumanning ilk qismida O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov va Odil Ahmedov qatnashib jurnalistlarning savollariga javob berib o'tdi. Vadim Abramov:Muhim o'yin. Ayni damda biz guruhda birini o'rinda bu biz uchun qo'l keladi. Ertaga muxlislarmiz qarshisida g'alaba qozonishga harkat qilamiz. Odil Ahmedov:Ertangi o'yin qiziqarli va muxlislar bop o'yin bo'ladi. O'ylagan rejalarimiz amalga oshsa, albatta g'alaba qozonamiz. Vadim Abramov:Lutfulla To'raevning holati yaxshi. U tajribali futbolchi. Yosh futbolchilar uchun ko'p narsa o'rgata oladi. Uning tajribasi bizga yordam beradi. Raqib murabbiyini muhokama qila olmayman. U haqida mendan emas saudiyalik jurnalistlardan so'raganingiz maqul. Lekin bilaman u tajribali murabbiy.