Kataloniya klubi 37 yoshli portugaliyalikning agenti Jorje Mendesh "ko'k-anorranglilar"ga transferni rasmiylashtirishni taklif qilgan bo'lsa ham, xarid qilishga qiziqishmadi.

Ronaldu 2021 yilning avgustida "Manchester Yunayted"ga qaytdi, u bunga qadar 2003-2009 yillarda jamoada o'ynagan va "Real"ga o'tgan.

Forvard o'tgan mavsum MYu tarkibida barcha musobaqalarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 24ta gol va 3ta assist qayd etdi.