"Barselona" maoshlar miqdorini kamaytirish va yangi o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun bir necha o'yinchilarini sotishi kerak. Frenki de Yong ketish uchun anchadan beri nomzod, ammo u Ispaniyada qolmoqchi.

"Ko'k-anorranglilar" "B reja"ni ishlab chiqishdi va jamoada eng ko'p haq oladigan darvozabon ter Shtegenni sotishmoqchi.

Darvozabon o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 34ta to'p olib chiqdi.