Uchrashuvda hisob 40-daqiqada Usmon Dembele tomonidan ochildi. 2-taym o'rtalaridan zaxiradan o'yinga qo'shilgan Memfis Depay 86-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol etib, bahsga yakuniy nuqtani qo'ydi – 2:0!

"Nyu-York Red Bulls" AQSh – "Barselona" Ispaniya 0:2 (0:1, 0:1)

"Red Bull Arena Xarrison"

Gollar: 0:1 – 40 Dembele, 0:2 – 87 Depay.

"Nyu-York Red Bulls" (asosiy tarkib) – Karlos, Long, Nils, Fernandes, Tolkin, Kasseres, Xarper, Ervud, Morgan, Lukinyas, Klimala

"Barselona" (asosiy tarkib) – Ter Shtegen, Kristensen, Arauxo, Garsiya, Alba, Gavi, Buskets, De Yong, Dembele, Levandovski, Rafinya

2-taym yakunidagi tarkib: Penya, S.Roberto, Pike, Niko, Balde, Pedri, Pyanich, Kessi, Fati, Depay, Obameyang

Ogohlantirishlar: Arauxo (28), Kasseres (38), Pike (59), Mallings (62) 

Chetlatish: Edilman (82).