- Karim Benzema bilan o'rtangizda qanday raqobat bo'lishi mumkin?- Benzema - ajoyib futbolchi. U buni o'tgan mavsum EChLdagi o'yinlari orqali isbotlab berdi. Karim 10 yoki 12 yildan buyon Ispaniyada o'ynamoqda. Shu sababli u bu liga bilan mendan ko'ra yaxshiroq tanish.

LaLigada yaxshi hujumchilarning ko'pligi foydali bo'ladi. Bu muxlislar uchun ham qiziqishni oshiradi. O'zimni u bilan solishtirmoqchi emasman. Men bu ligada yangiman. U esa anchadan buyon o'ynamoqda.

Menga hozir "Barselona" bilan muvaffaqiyat yuqori o'rinda. Bu asosiy maqsadim, - dedi Robert.