Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" safini "Atletik" himoyachisi Inigo Martines to'ldiradi.

La Liga vitse-chempionlari 31 yoshli futbolchi bilan shartnoma borasida kelishuvga erishishdi. Endilikda, Kataloniya klubi tovon puli borasida "Atletik" bilan kelishishi kerak.

Eslatib o'tamiz, Martinesning shartnomasi kelasi yilning yoziga qadar mo'ljallangan.