El Chiringuito'ning tvitter sahifasida Frenki de Yong va Memfis Depayning aeroportga kirayotgani aks etgan videorolik tarqaldi. Ular Londonga uchishgan. O'yinchilarning o'zi jurnalistlarning savollariga javob berishmadi.
Jurnalist Semyuel Marsdenning yozishicha, Kataloniya klubi o'yinchilariga ikki kunlik ta'til berilgan. De Yong va Depayning Londonga ketishi ularning Angliya klublariga o'tishi bilan bog'liq emas.
Futbolchilar katta ehtimol bilan Angliyaga Niderlandiya terma jamoasidagi sheriklari Donni van de Bekning to'yiga borishgan.
Fikrlar 0