[readimg]https://stadion.uz/images/news/uzb-ksa-anons.jpg[/readimg] [b]Jahon chempionati-2022 saralash bosqichi doirasida O'zbekiston bugun Toshkentda Saudiya Arabistonini qabul qiladi. "Sport" kanali mazkur uchrashuvni jonli translyatsiya qilishni rejalashtirgan. Telekanal bir necha kun davomida SMS-so'rovnoma o'tkazib, "O'yinni qaysi sharhlovchi sharhlashini istardingiz?", degan mazmunda ishqibozlarga murojaat qildi. Ushbu so'rovnomada Murod Rizaev 1104ta ovoz bilan g'alaba qozondi. Shu bois, O'zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvini sharhlash unga topshiriladi. Ikkinchi o'rinni egallagan Bobur Akmalov 888ta ovoz to'pladi. Farrux Rasulov 52, Sanjar Mahmudxonov 27ta ovoz jamg'ardi. Bobur Akmalov O'zbekiston - Falastin o'yinini sharhlashi mumkin. Ushbu so'rovnomaga Eldor Mustafoev va Dilshod To'xtabekovning nomzodi qo'yilmadi. Buning sababi ma'lum emas. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Saudiya Arabistoni o'yinini bugun 17:00da boshlanadi.[/b]