"Men bu erda bo'lishimni kutmagandim, lekin baxtliman. Bu hamma qilishni xohlaydigan narsalardan biri. "Barselona"ga qaytishimga yordam bergan odamlardan juda faxrlanaman va minnatdorman", – dedi Belerin klub matbuot xizmatiga.

Ma'lumot uchun, 27 yoshli Belerin "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 17 yoshida "Arsenal"ga o'tgan. 

O'tgan mavsumni esa ijara asosida "Betis"da o'tkazgan edi.